
Slipenko:"Mazkur promoushen darajasi va janglari bo‘yicha UFC dan kam emas"
Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq ACA chempioni Vitaliy Slipenkoning fikricha, ACA ligasi darajasi va janglari UFC dan qolishmaydi.
"Rossiyada ACA dan ko‘ra yaxshiroq liga yo‘q, bu aniq. Hozir promoushen o‘zining eng yaxshi yillarini – mashhurlik cho‘qqisini boshdan kechirmoqda, chunki arenalar xar doim gavjum, ko‘plab muxlislar keladi. Ammo "Media" jihatdan UFC yaxshi ishlaydi, u erda hammasi boshqacha, reklama va anonslar ham o‘zgacha. ACA da esa kavkaz mentaliteti ko‘proq, noodatiy shoularni targ‘ib qilish Amerikaga qaraganda qiyinroq. Ammo janglar saviya jihatidan ACA hech kimdan kam emas”, – dedi Slipenko.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy (16-6) "ACA 170" turnirida Nikola Dipchikov (23-11-1 N/C)ga birinchi raunddayoq yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar