
Skolari Ronalduning otasi vafot etgan kunni esladi
Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbbiyi Luis Felipe Skolari Ronalduning otasi vafot etgan kunni esladi.
"Bu voqea 2005 yil 7 sentyabrda "JCh-2022" saralashidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi o‘yindan oldin sodir bo‘ldi.
Bu juda achinarli edi. Ronalduga xabar berishni hech kim istamasdi. Keyinchalik vazifani o‘z zimmamga oldim. Sababi, men ham bir necha yillar oldin ota-onamdan ayrilganman.
Ushbu jarayon bizni do‘st sifatida yaqinlashtirdi. U ertasi kuni Rossiya bilan o‘yin o‘tkazdi va Portugaliyaga ketdi.
Uning o‘zi menga bugun otasi uchun hech narsa qila olmasligini va ertangi o‘yinda maydonga tushib, so‘ngra Portugaliyaga qaytishini aytdi", - dedi Skolari.
Fikrlar