
"Sizning sevgingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz hayotimdagi eng bebaho boylikdir!" Oksana Chusovitina muxlislari bilan xayrlashdi
O‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina kechagina o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 46 yoshli sportchining so‘nggi musobaqasi Tokio Olimpiadasiga to‘g‘ri keldi. Kecha Chusovitina o‘zining "Instagram"dagi sahifasi orqali muxlislariga minnatdorchiligini izhor etdi:
"Qadrli do‘stlar va muxlislarim! Bu haqda gapirish juda qiyin, buni ancha oson, deb o‘ylardim. Men katta sportdagi juda qiziqarli faoliyatimni yakunladim. Baland va pastliklar, quvonch va qayg‘u ko‘z yoshlari bo‘ldi, lekin men bundan bir daqiqaga bo‘lsa ham pushaymon emasman. Mening sportdagi hayotim juda zo‘r o‘tdi. Eng muhimi, meni sizdek muxlislarim bor. Sizning sevgingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz hayotimdagi eng bebaho boylikdir. Barchasi uchun rahmat!"
Fikrlar