Sizlarga kerak bo‘lmasam, “Barsa”da o‘ynayman!

  • 14 aprel, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibida katta tozalash o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Tecno

Ketadiganlar ro‘yxatiga 31 yoshli Tomas Parti ham kiritilgan. Ganalik tayanch yarim himoyachisining amaldagi shartnomasi 30 iyunda tugaydi. “Kanonirlar” tajribali o‘yinchiga yangi bitim bermaslikka qaror qilib bo‘lgan.

Tomas Parti darajasidagi futbolchi ishsiz qolmaydi. U “Barselona”ga o‘tish istagini bildirdi. Kataloniyaliklar ham uning maqsadidan xabardor va Partining atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.

Mundo Deportivo tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Tomas Partining erkin agent maqomida Kataloniyaga kelishi iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan va moliyaviy feyr-pley talablariga moslashishi talab etilayotgan “Barselona” rahbariyatini to‘liq qoniqtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!