“Siti”ning yangi futbolchisi besh oyda klubni tark etmoqchi

  • 2 dekabr, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan darvozabon Jeyms Trafford “Manchester Siti”ni tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

“Byornli”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Manchester superklubiga qaytarilganiga besh oy bo‘lganiga qaramay, u Xosep Gvardiola ixtiyoridan ketishga qaror qildi.

Bu haqda Goal.com xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, golkiper mavsum boshlanishidan avval, o‘ziga qiziqish bildirgan “Nyukasl Yunayted” safiga qo‘shilishi mumkin edi, ammo “Siti” klubi shartnomadagi teng huquqlilik bandi orqali transferni o‘z foydasiga hal qildi.

“Shaharliklar” yozgi transferlar oynasining oxirgi kunida Janluiji Donnarumma transferini uddalaganidan keyin italiyalik golkiper “Siti”ning birinchi raqamli posboniga aylandi.

Trafford esa, joriy mavsumda atigi oltita uchrashuvda ishtirok etdi. Endi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun yanvarda boshqa klubga ijaraga o‘tishni rejalashtiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!