
“Siti”ning sobiq futbolchisi “Yunayted”ga zo‘r futbolchi topib berdi
“Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan tanilgan Trevor Sinkler “Manchester Yunayted”ni kuchaytira oladigan futbolchi borligini aytdi.
Ma’lumki, Ule-Gunnar Sulsher o‘z jamoasiga tayanch yarim himoyachi qidirmoqda. Bu pozitsiyada o‘ynaydigan Fred har doim ham vazifalarini uddalay olmayapti.
Manchesterliklar bu pozitsiyaga Deklan Raysni taklif qilmoqchi edi. Biroq, “Vest Xem” futbolchi uchun 100 million funt talab qilayotgani ularning fikrini o‘zgartirdi.
Sinkler esa, Sulsherga “Lids” yarim himoyachisi Kelvin Fillipsga e’tibor qaratishni maslahat bermoqda.
- Kelvin Fillips qudratliroq klubga o‘tishga tayyor. Agar “Lids” kuchli to‘rtlikka da’vogarlik qila olmasa, bu futbolchi kuchli jamoani tanlashi kerak. Yozda “Manchester Yunayted” Fillipsga e’tibor qaratmaganidan hayro qoldim. Ularning tayanch yarim himoyasida Fred, Matich va Maktominey bor xolos. Agar Sulsher shu pozitsiyasini ham mustahkamlasa, ular Angliya chempionligi uchun kurasha oladi, - dedi Sinkler.
Fikrlar