
“Siti”ning mashhur yulduziga qudratli klub ko‘z tikdi
Bundesliganing eng badavlat klubi “Bavariya” yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvani qo‘lga kiritish uchun kurashadi.
Sport.es sayti Myunxen superklubi mutasaddilari 29 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uning agentlari bilan aloqa o‘rnatgani haqida xabar tarqatdi.
Joriy mavsumda chempionlikni qo‘ldan chiqargan “Bavariya” yangi loyihani amalga oshirmoqchi va bu yo‘lda xarajatlardan qochmaydi. Bernardu Silva aynan ana shu loyihasida Myunxenga olib kelinishi kerak.
“Bavariya” bu rejasini ro‘yobga chiqarish uchun 58 million evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi. Myunxenliklar Silvaning o‘ziga uzoq muddatli shartnoma va yaxshigina maosh taklif qilmoqchi.
Fikrlar