
"Siti"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Tottenxem" etakchilari qachon safga qaytishadi?
"Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL chorak final dastlabki bahsida "Tottenxem"ning ikki a’zosi – Xarri Keyn va Dele Alli jarohat olgan edi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Keynda chap to‘pig‘ida shikastlanish bor va uning qachon safga qaytishi keyinroq ma’lum bo‘ladi. Alli esa chap qo‘lini qayrib olgan. U 17 aprel kuni “shaharliklar”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob bahsiga qadar sog‘ayadi.
Fikrlar