"Siti" yulduzi Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga erishdi
Riyod Mahrez "Al-Ahli"ga o‘tish arafasida.
Saudiya Arabistonining "Ar-Riyod" nashri xabariga ko‘ra, "Al-Ahli" va Mahrez to‘liq kelishuvga erishgan. Yaqin orada vinger tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilyapti.
Jurnalist Ben Jeykobisning xabar berishicha, transferning barcha tafsilotlari hali aniq bo‘lib ulgurmagan. Saudiyaliklar yaqin 48 soat ichida "Manchester Siti" bilan muzokaralarga kirishadi.
Avvalroq, "Al-Ahli" Mahrez uchun 30 million funt sterling taklif qilishga tayyorligi ma’lum bo‘lgandi. Futbolchining maoshi yiliga taxminan 25 million funtni tashkil qiladi.



Fikrlar