Siti sobiq ustozi "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin

  • 18 oktabr, 16:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini "Manchester Yunayted" murabbiylik kursisini egallashi mumkin.

Tecno

"The Sun" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, MYu ustozi Ruben Amorim o‘z vazifasidan ozod etiladigan bo‘lsa, uning o‘rnini aynan italiyalik mutaxassis egallaydi. Manchini "Manchester Siti"ni 2009-2013 yillar oralig‘ida boshqargan. U bilan birgalikda "shaharliklar" 2012 yilda APLda g‘oliblikni tantana qilgan. 60 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Amorim boshchiligidagi MYu APLda 7-turdan so‘ng 10 ochko bilan o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!