
"Siti" "Oltin to‘p" sohibiga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, 36 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferini "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi xohlamoqda. "Siti" Modrichga bir yillik bitim taklif qiladi.
Avvalroq, Lukaga "Inter" qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Futbolchi joriy mavsum bitta o‘yinda maydonga tushib, shuncha golga assistentlik qilgan.
Havbekning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar