
"Siti" afsonasi Jo Xart mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
"Manchester Siti" safidagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Jo Xart mavsum oxirida butsalarini "mixga ilishga" qaror qildi.
U hozirda Shotlandiyaning amaldagi chempioni "Seltik" safida to‘p tepmoqda. Posbon "Siti"ni tark etgach, bir muddat Turinning "Torino" jamoasi sharafini himoya qildi.
Xart joriy mavsum umumiy hisobda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 33 marotaba raqiblar uni ranjitishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Jo 13 bellashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.
Fikrlar