Siril Gan: "Men yana cho‘qqiga chiqmoqchiman"

  • 23 iyun, 2022, 12:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 UFCning og‘ir vazn toifasining yorqin vakili Siril Gan, Tay Tuyvasani mag‘lub eta olsa, Stipe Miochich-Jon Jons juftligi g‘olibi bilan jang olib borishiga ishonchi komil.

Tecno

"Umid qilamanki, agar Tuyvasa ustidan g‘alaba qozonsam, vaqtinchalik chempionlik uchun Jons-Miochich juftligi g‘olibi bilan jang qila olaman. Ngannu bilan jangda mag‘lubiyatga uchraganim meni biroz xafa qildi, avvaliga u bilan faqat revansh jangi haqida o‘yladim. Endi esa Bleyds, Miochich, Jons yoki Ngannu bilan ham jang qilishga tayyorman. Menga farqi yo‘q. Men yana cho‘qqiga chiqmoqchiman", - deya Ganning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Junkie.

Eslatib o‘tamiz, Gan va Tuyvasa jangi 3 sentyabr kuni Parijda" UFC Fight Night 209" turnirida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!