"Singapore international open". O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar reyting ochkolarini yaxshilab olishdi

  • 7 dekabr, 2024, 11:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Ma’lumki 29 noyabrdan 5 dekabr sanasiga qadar "Singapore international open" turniri o‘tkazildi. Unda 7 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlarimiz ishtirok etishdi. Umumiy natijalarimiz bo‘yicha barcha ishtirokchilar o‘zlariga +reyting ballarini jamg‘arib qaytishgani bu quvonarli holat.

Chunki g‘alaba, durang va hatto mag‘lub bo‘lishgan paytlarida ham asosan o‘zlaridan reyting bo‘yicha anchagina farqli shaxmatchilarga qarshi dona surishdi. Quyida ushbu turnirdan avval va keyin ularning reyting ballaridagi tafovutni ko‘rib chiqamiz.

Turnirdan oldin shaxmatchilarimiz reyting ballari:

-Omonova Umida 2168
-Nodirjonova Nodira 2137
-Karimova Guldona 2115
-Malikova Marjona 2091
-Shokirjonova Barchinoy 2033
-Salimova Asal 1985
-Imomqo‘zieva Nilufarxon 1883

Quyidagi jadvalda esa shaxmatchilarimiz tomonidan qo‘shilgan va yo‘qotilgan ochkolar, shu bilan birga hozirgi reyting ballari keltiriladi.

Turnirdan so‘ng shaxmatchilarimizning reyting ballari:

-Omonova Umida 2228 (+60)
-Nodirjonova Nodira 2156.2 (+19.2)
-Karimova Guldona 2204.2 (+89.2)
-Malikova Marjona 2074.8 (-16.2)
-Shokirjonova Barchinoy 2087.8 (+54.8)
-Salimova Asal 2023.8 (+38.8)
-Imomqo‘zieva Nilufarxon 2015 (+38)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!