Simeonening "Atletiko"si "Barselona", "Bavariya", "Real" va "Yuventus" qilolmagan ishni qildi

  • 19 fevral, 2020, 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Diego Simeone boshqaruvidagi "matraschilar" EChLda 38 ta o‘yinni golsiz o‘tkazishdi.  Bu esa 2011 yildan keyingi eng yaxshi natija bo‘ldi.

So‘nggi 9 yil ichida "Bavariya" va "Barselona" 36 tadan o‘yinda raqiblaridan gol o‘tkazib yuborishmagan. "Yuventus" va "Real"da bu ko‘rsatgich 34tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” “Liverpul”ga qarshi javob bahsini 12 mart kuni “Enfild”da o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!