Simeone "Real"ga qarshi kechadigan derbi oldidan nimalar dedi?

  • 28 sentabr, 2019, 01:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 7-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"O‘ylashimcha, ulardada juda yaxshi futbolchilar o‘ynamoqda. "Real"da bo‘sh hudud paydo bo‘lsa, ularga qarshi himoyalanish juda qiyin bo‘ladi.

Beyl o‘sishda davom etmoqda, Benzema ajoyib sport formasida, Azar yuqori mahoratga ega.

Bunday o‘yinlar doim zich tarzda kechadi. Har qanday mayda detallar u yoki bu jamoa foydasi uchun o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin. "Real" "Sevilya"ga qarshi juda yaxshi o‘ynadi va "Osasuna"ga qarshi o‘yinda ham shu ruhni davom ettirishdi. Ishonamanki, ular shu tempda davom etishadi.

"Real"ning kuchli tayanchlari bor. Benzema va Kazemiro juda muhim futbolchilar sanalishadi.

Ertaga derbi bo‘ladi," - dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!