Simeone MYu taklifini qabul qiladimi?

  • 19 dekabr, 2020, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbarlari “Atletiko”ga jamoa yarim himoyachisi Saul Niges transferi bo‘yicha taklif tayyorlayapti.

Tecno

Aslida inglizlar bu pleymeykerni o‘tgan transferlar vaqtida sotib olmoqchi edi. 26 yoshli yarim himoyachining shartnomasida uning transfer summasi 120 million evroga baholangan. Biroq “Manchester Yunayted” mutasaddilari bu narxni sezilarli darajada pasaytirishga erishmoqchi.

Niges “Atletiko” tarbilanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan beri primerada to‘p tepmoqda. Shu paytgacha jami 194 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 24 marotaba aniq nishonga olgan.

Hozircha, “Atletiko” bosh murabbiyi Negis bo‘yicha taklifni qabul qilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!