Simeone ketadigan vaqt ham kelib qolibdi

  • 31 avgust, 13:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 3-turi doirasida "Atletiko" "Alaves" maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Umuman olganda, madridliklar mavsum startidan buyon Ispaniya chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 2 tasida durang o‘ynadi va bir marotaba mag‘lub bo‘ldi. Klub yozgi transferlar oynasida ancha faol bo‘ldi. Jumladan, Musso, Gantsko, Rujeri, Pubill, Kardozo, Baena, Martin hamda Raspadori kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 

Shunga qaramay, ayni vaqtda jamoada natijalar o‘ta qoniqarsiz. Mana shu natijalar fonida jamoaning etakchilaridan biri sanalgan Xulian Alvares klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Diego Simeonega esa muxlislar tomonidan e’tirozlar tobora ko‘payib bormoqda. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!