Simeone Gvardiola tomon "tosh otdi"

  • 5 aprel, 2022, 17:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan raqib bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men ishlagan jamoada Xavi, Buskets, Inesta va Messi kabi yosh iqtidorlar bilan ishlash imkoni bo‘lmagan. Ular g‘ayrioddiy darajada iste’dodli bo‘lgan. 

To‘g‘ri, Pepda yuksak qobiliyat bor. Biroq yuqori darajadagi futbolchilar bilan ishlashi uning naqadar omadli ekaniga isbot bo‘la oladi", - dedi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Atletiko" uchrashuvi 5 aprel kuni tungi 00:00da start oladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!