
Simeone: "Biz mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham o‘z yo‘limizda davom etamiz"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya kubogi yarim finalida "Barselona"ga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, jamoasining o‘yinidan qoniqish hosil qilganini ma’lum qildi.
"Jamoamiz bu mavsum juda yaxshi harakat qilmoqda. Chempionlar ligasida, Ispaniya kubogida va La Ligada yaxshi o‘yinlar o‘tkazyapmiz. Oldinga harakat qilishda davom etamiz va turnir jadvalining yuqori pog‘onalariga yaqinlashish uchun ko‘proq mehnat qilamiz."
Simeone "Barselona"ning g‘alabasini tan oldi va raqib haqida iliq fikr bildirdi:
"Biz kuchli jamoaga qarshi 4:5 hisobida yutqazdik. Ular haqiqatan ham juda yaxshi o‘ynadi va finalga chiqishga arziydi. Biz esa jang qilishda davom etamiz. Hozircha boshqa narsa haqida o‘ylamayapman, faqat mavsumni yaxshi yakunlash haqida o‘ylayman."
Shuningdek, Simeone jamoa rivojlanayotganini va yangi transferlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi:
"Biz bir nechta yuqori darajadagi futbolchilarni jamoaga qo‘shdik va ular o‘zini yaxshi namoyon etyapti. Bugungi uchrashuvning birinchi taymida yaxshi o‘ynamadik, lekin "Barselona" bizdan foydalanib keta olmadi. Ikkinchi taymda esa jasorat bilan maydonga chiqdik va gol urishga yaqin keldik" - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar