Simeone: "Biz "Arsenal"ga zarar etkazmoqchimiz"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone bugungi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Bugun madridliklar "Emireyts"da "Arsenal" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv soat 00:00'da start oladi.
"Arteta jamoa bilan besh-olti yildan beri ishlayapti, ularning o‘z o‘yin uslubi bor va bu yo‘ldan chekinmaydilar. Aksincha, ular yangi, yuqori darajali futbolchilarni jalb etib, shu g‘oya asosida rivojlanishda davom etmoqdalar. Har mavsum Premer-ligada oxirigacha kurashishadi. Biz esa shunday o‘ynashimiz kerakki, ularga zarar etkaza olaylik. Ularda ajoyib stadion, jonkuyar muxlislar va albatta, yuqori sur’at bor.
"Arsenal" standart vaziyatlarda "Atletiko"ning ilgarigi tajribasini takrorlayapti. Ularda zo‘r hujumchilar, baland bo‘yli o‘yinchilar va bosh bilan o‘ynashda juda kuchlilik bor. Shu yo‘l bilan ko‘p gol urmoqdalar — juda puxta ishlaydigan jamoa. Bu katta ustunlik. Biz 2014 yilda shu yo‘l bilan ko‘p g‘alabalarga erishganmiz, ular ham bu yo‘ldan borish imkoniga ega", — dedi Simeone.



Fikrlar