Shyurrle Moskvaga uchib keldi va ertaga "Spartak" bilan shartnoma tuzadi

  • 30 iyul, 2019, 17:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" klubi yarim ximoyachisi Andre Shyurrle oilasi bilan birga Moskvaga uchib keldi va ertaga "Spartak" klubi bilan shartnoma tuzadi.

Tecno

Oldinroq, 28 yoshli futbolchini ruslar ijara asosida bir mavsumga olishadi va 8 mln evro evaziga sotib olish xuquqiga ega bo‘lishadi, - degan xabarlar tarqagan edi.

Bundan tashqari, futbolchining agenti transferni qo‘llab-quvvatlagani uchun ma’lum miqdorda mablag‘ oladi.

Shu qatorda Moskva klubi futbolchiga yiliga 3 mln evro maosh berishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan.
So‘nggi mavsumni germaniyalik futbolchi "Fulxem" jamoasida ijarada o‘tkazdi. APL bahslarida 24 uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!