Shveytsariya futboli rahbari koronavirusga chalindi. U 70 yoshda
Shveytsariya futbol ittifoqi prezidenti Dominik Blan koronavirusga chalindi.
70 yoshli funktsioner tomoq og‘rig‘i va yo‘tal bilan shifokorga borgan. Keyinchalik unda COVID-19 virusi borligi aniqlangan.
Hozirda Blan o‘z uyida karantinga olingan. Shveytsariya futbol ittifoqining barcha xodimlari ham karantinga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya Evropada birinchilardan bo‘lib futbol uchrashuvlarini to‘xtatgan edi.



Fikrlar