Shukurovning ustozi Pirlo Belgiya bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

  • 10 yanvar, 2023, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Fotih Karagyumryuk" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda "TuttoMercatoWeb" nashri xabar berdi.

Tecno

Mamlakat futbol assotsiatsiyasi Pirloni nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Uning turk jamoasi bilan kelishuvi shu yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Pirlo boshqarayotgan klub safida hamyurtimiz Otabek Shukurov ham to‘p tepadi. 

Belgiya sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines kecha Portugaliya terma jamoasi boshqaruvini qabul qilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!