Shuhrat Toshpo‘latov: "So‘g‘diyona" bilan joriy mavsumda ikki marta o‘ynab, ikkalasida ham yutdik, yana ijobiy natijaga harakat qilamiz"

  • 15 noyabr, 2021, 18:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon” (3:1) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bugun yaxshi, shakillangan jamoaga qarshi o‘ynadik. O‘zingizga ma’lum, “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z uyida ham, mehmonda ham yaxshi o‘ynaydigan jamoa. Ularning qarshi hujumlardagi harakatini hamda standart vaziyatlarda qanday o‘yin ko‘rsatishini bilar edik. Bosh murabbiyimiz bergan ko‘rsatmalarni imkon qadar yigitlarga etkazishga harakat qildik va yakunda uch ochkoni naqd qilib qo‘ydik. Yigitlarga bugungi mehnatlari uchun rahmat aytib qolaman. Kelayotgan ikki turda ham maksimal darajada harakat qilib, ikkinchi o‘rin uchun kurashamiz”.

-  “Surxon” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda yigitlarga nimadir ta’sir qildi va g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. Bu haqida nima deya olasiz?

- 2:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtimizda futbolchilar hotirjamlikka berilishdi va bir-ikkita vaziyatlarda diqqatlarini yo‘qotishdi. Bu bizga qimmatga tushdi.  Hayot davom etadi. Mana, bugun g‘alaba qozonib, kerakli ochkolarni qo‘lga kiritdik. Endi Jizzaxdagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

- Jizzaxdagi bahs qanday bo‘ladi deb o‘ylaysiz? Shu o‘yin medallar taqdirini hal qiladimi?

- Oldimzida yana ikkita muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Biz uchun har bir ochko oltinga teng. Jizzax jamoasi bilan joriy mavsumda ikki marta o‘ynab, har ikkisida ham g‘alaba qozondik. Navbatdagi bahsda ham ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

- Doniyor Narzullaev jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning ahvoli qanday?

- Hozir bu haqida hech narsa ayta olmayman. Shifokorlarimiz uning holatini o‘rganib, bu haqida ma’lumot berishadi.

- “Surxon” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoa ham ruhan, ham jisomonan qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

- Bugungi o‘yinga biz asosan ruhiy tayyorgarlikka e’tibor qaratgandik. Jismoniy tayyorgarlikni oladigan bo‘lsak, biz har to‘rt kunda o‘ynayabmiz.

- Husayn Norchaev bugun ham gol urdi. To‘purarlar bahsi haqida nima deya olasiz?

- Husayn hali yosh o‘yinchi. Agar o‘z ustida ishlasa, kelajagi porloq hujumchiga aylanadi. Milliy terma jamoadagi debyut o‘yinida ham gol urishga erishgan edi. Unga omad tilab qolaman.

- Marko Stanoevichning bu mavsumdagi o‘yinida o‘tgan mavsumga qaraganda pasayish yuzaga kelgandek tuyulmoqda. Bu haqida nima deya olasiz?

- Unday demagan bo‘lardim. Chunki oxirgi ikki o‘yin to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuning o‘zi uning professional futbolchi ekanini isbotlaydi.

“Nasaf” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!