Shugar Rey Leonard Kroufordning "Kanelo" bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi

  • 21 yanvar, 2024, 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Shugar Rey Leonard hamyurti Terens Kroufordning meksikalik Saul Alvares bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

Tecno

“Farqi faqatgina vazn toifasidami? Balki. "Kim ushbu jangda g‘alaba qila oladi?" deb so‘rasangiz, Men "Krouford" deb javob beraman. Bu menga jang qilgan vaqtlarimni eslatadi. Men har doim g‘alaba qozonishimga ishonganman. Mag‘lubiyatga uchraganimda ham tushkunlikka tushib qolmagandim. Agar vazndagi farq Kroufordning harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasa, u g‘alaba qozona oladi”, – dedi Leonard Fight Hub TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundning boshidayoq to‘xtatib, yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) mutlaq chempion bo‘lgandi. Umuman olganda, amerikalikda 40 ta g‘alaba (31 tasi nokaut) bor va bitta ham mag‘lubiyat yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!