
Shu o‘yinchi kerakmi, 100 million evro to‘lang!
“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silvani olishni ko‘zlayapti.
Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni sotib yuborib, uning o‘rniga Silvani olib kelmoqchi. Portugaliyalik o‘yinchining o‘zi ham anchadan beri Ispaniya chempionatida to‘p tepishni istamoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, shaharliklar Bernarduni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Ular buning uchun 100 million evro talab qilyapti va bu summa umuman pasaytirilmasligini uqtirmoqda.
28 yoshli yarim himoyachi faoliyat davomida klublar miqyosida 441 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 83 ta gol va 76 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar