
Shu olti futbolchi sotilmaydi xolos
Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati yozgi transferlar davrida faqat olti nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘ribb chiqmaydi.
Get German Football News nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, dormundliklar darvozabon Gregor Kobel, himoyachi Niko Shlotterbek, yarim himoyachilar Emre Jan, Yulian Brandt, Marsel Zabittser va Niklas Fyullkrug har qanday holatda ham klubda qolishini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati yangi tarkibni aynan mana shu futbolchilar atrofida shakllantirishga qaror qilgan.
Yakunlangan mavsumda “Borussiya” Bundesligada g‘oliblik uchun kurasha olmadi va musobaqani beshinchi o‘rinda yakunladi.
Xalqaro maydonda esa, Chempionlar ligasining finalida ishtirok etdi, biroq hal qiluvchi bahsda “Real”ga 0:2 hisobida yutqazib, bosh sovrinni qo‘ldan chiqardi.
Fikrlar