
Shu futbolchi bilan o‘ynolmadim! Zidanning yagona armoni bor ekan
Jahon futboli afsonalaridan yubo‘lgan Zinedin Zidan futbolchi sifatida bir orzusi ushalmay qolganini tan oldi. Frantsiyalik yulduz o‘z davrida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Skoulz bilan yonma-yon to‘p tepa olmaganidan afsusda ekanini bildirdi.
- Hamma ham eng zo‘r futbolchilar bilan birga o‘ynashni istaydi. Men uchun Pol Skoulz ana shunday o‘yinchilardan biri bo‘lganiga shubha yo‘q. Uning o‘yinlarini kuzatishdan doim zavq olganman.
Skoulzdek mukammal o‘yinchilar kam uchraydi. Faoliyatim davomida Skoulzdek o‘yinchi bilan birga o‘ynay olmaganim katta armon bo‘lib qoldi. U maydonda raqib tomonida emas, sening jamoangda o‘ynashi istaladigan o‘yinchilardan, chunki bunaqa futbolchilar har qanday vaziyatda ham senga muammo tug‘dirishini bilasan, - dedi Zinedin Zidan.
Ta’kidlash lozimki, Zinedin Zidan 2021 yildan beri ishsiz yuribdi. O‘shanda u “Real” bosh murabbiyligini tark etgan edi. Frantsiyalik mutaxassisga bir necha bor grand klublardan taklif bildirilgan bo‘lsa-da, u biror chorlovni qabul qilmadi.
Fikrlar