Shoxjahon Yorqinboev terma jamoadagi debyuti haqida

  • 14 oktabr, 12:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan milliy terma jamoamizdan tashqari, yana boshqa yosh toifalaridagi terma jamoalarimiz ham yig‘in hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qlimoqdalar.

Tecno

Jumladan, O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz ham Toshkentda shug‘ullanmoqda. Qozog‘iston yoshlariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Ilk uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bugun esa ushbu jamoalarning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoamiz safiga yangi chaqirilgan futbolchilar orasida “Andijon” yarim himoyachisi Shoxjahon Yorqinboev ham bor. U Qozog‘istonga qarshi bahsda terma jamoamiz tarkibida debyutini o‘tkazdi.

- U20 terma jamoamiz safida ilk o‘yiningizni o‘tkazdingiz. Qanday taassurot qoldirdi?

- Terma jamoamiz tarkibida to‘p surish niyatim bor edi. Etkazganiga shukr. Taassurotga keladigan bo‘lsam, birinchi uchrashuv yaxshi o‘tdi. Boshida o‘yinni tempiga tushish sal qiyin bo‘ldi.

- Klub bilan terma jamoani mashg‘ulotida farqlari nimada ko‘rindi?

- Mashg‘ulotlarda farqi sezilgani yo‘q, deb o‘ylayman. Klubda ham, terma jamoada ham mashg‘ulotdagi vazifalar deyarli bir xil. Terma jamoada mashg‘ulotlardagi asosiy urg‘u taktikaga qaratilgan.

- Zaxiradan maydonga tushishingizdan avval Ravshan Haydarov sizga qanday ko‘rsatmalarni berdi?

- To‘p raqib jamoada bo‘lgan paytda pressing qilib, uni qaytarib olishimizni va to‘pni nazorat qilib, xavfli hujumlar yaratishimizni ko‘rsatma sifatida berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!