
"Shox borba" yana jang qiladi. Raqib ma’lum!(Foto)
23 iyun kuni Qirg‘izistonning Qizilqiya shahrida "EFC 46" turniri tashkil etiladi. Taniqli menejer Marat Bekmuratov boshchiligida o‘tkazilayotgan ushbu jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik MMA jangchilari ham oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasida Nursulton Team klubi a’zosi, Bexzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev shogirdi Shahzod Yuldashev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U mezbonlar vakili Qulmurat O‘rozov bilan bahs yuritadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Yuldashev jarohat sababli biroz tanaffusdan so‘ng yana oktagonga qaytmoqda.
Ma’lumot uchun, "Shox borba" nomi bilan mashhur yurtdoshimizning rekordi 9-2 ko‘rinish olgan.
Fikrlar