Shota Arveladze Turkiya klubidan tushgan taklifga qanday javob berdi?

  • 20 oktabr, 2020, 18:07
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, Turkiyaning "Trabzonspor" klubi "Paxtakor" ustozi Shota Arveladzega qiziqish bildirgani va unga taklif yuborgani borasida xabar bergandik. 

Tecno

Turkiyaning "Hurriyet" nashri yozishicha, "Trabzonspor"ning natijalari yomonlashgani bois angliyalik murabbiy Eddi Nyutonning o‘rniga Shota Arveladze nomzodi ko‘rilmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati "Paxtakor"da yiliga 1.5 million evro maosh oladigan va 1.5 oydan so‘ng shartnomasi tugaydigan murabbiyga rasmiy taklif bildirgan. Arveladze esa, bunga javoban toshkentliklar bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng gaplashishini aytgan.

Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi. Murabbiyning "Paxtakor"dagi maoshi ma’lum

9271583690803

Eslatib o‘tamiz, Shota Arveladzening "Paxtakor" bilan tuzgan dastlabki shartnomasi o‘tgan yili yakunlangandi va tomonlar 2020 yilning so‘nggiga qadar bitimni uzaytirishgandi.

Gruziyalik mutaxassis 2017 yilning yozidan beri "Paxtakor"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘li ostida "sherlar" o‘tgan yili ilk bor yurtimizda treblga ega chiqqan klubga aylandi.

Arveladze murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada "Qayserispor" va "Qosimposho" jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/10/2020 21:40
Mani shahsiy fikrim. ketgani yahshi Shota kelib hech narsa bergani yuq shunchaki nus ha. kuchirdi ayni Nasafni uyinni Pahtakorga shakllanterdi va Nasaf.ni ijrochilari oldiga tajribali uyinchilani yigdi. va kamandani tuzdi. lekin maksimun bor mahsulotlardan qushimcha qushib kuchli klub qilmadida. oddiy misol OCHL kurdik klubni qanday salohiyatka egalegini. qisqasi. shu sharoitka Uzimizni murabbiylar ha kuchli klub tuzadi. Masalan Ruziqul Berdiev.
&
Rustamov Dilmurod
21/10/2020 09:02
Toʻppa toʻgʻri malades
&
21/10/2020 23:10
Хар учкунда уйин буб турса Бердиевни жамоси гурухдан чколмий коларди