
Shota Arveladze: "Paxtakor" OChLni yutishi hech gap emas"
Taniqli mutaxassis Shota Arveladze o‘zi boshqargan “Paxtakor” jamoasiga hamon befarq emas. Chunki gruziyalik murabbiy “Paxtakor”dagi faoliyati davomida qator sovrinlarni qo‘lga kiritganini yaxshi bilasiz.
Sobiq bosh murabbiy “Sherlar”ning Superligada muvaffaqiyat qozongani yuzasidan Sports.uz saytiga o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Paxtakor” albatta, men uchun doim chempion. Ushbu jamoaning har bir g‘alabasidan qanchalik quvonishimni bilsangiz edi!
“Paxtakor”ga shu bilan birga OChLni ham yutishini tilab qolaman. Aynan shu ishni amalga oshirish menga nasib etmagandi. Mana shunday yutuq hech bo‘lmaganda bir marta qo‘lga kiritilishi kerak! Aytishim kerakki, klubdagilar bir tan-u, bir jon bo‘lib shunga intilsalar, OChLni ham yutish hech gap emas”, - deydi Shota Yustinovich.
Eslatib o‘tamiz, Arveladze bungacha Angliya chempionship vakili – “Xall Siti” klubiga ustozlik qildi.
Fikrlar