Shota Arveladze: Jamoamiz safiga kelgan har bir o‘yinchi yaxshi o‘ynab keta olmasligi mumkin

  • 19 dekabr, 2020, 14:40
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston Coca Cola kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze va jamoa sardori Egor Krimets ishtirok etib, muhim bellashuv haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

"Barchaga xayrli kun. Hammaga sog‘liq tilayman. Qo‘qondagi o‘yindan keyin eng kuchli jamoalar yarim finalga etib kelganini aytgandim. Finalda ham shunday. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham shu klub bilan to‘qnash kelgandik. Mavsumni barqaror o‘tkazdik deb o‘ylayman. Final qiyin va qiziqarli kechadi. Raqib finalda o‘ynashni yaxshi biladigan jamoa.

O‘ylaymanki, ancha yaxshi mavsum o‘tkazdik. Milliy birinchilikda ancha barqaror futbol namoyish etdik. Afsuski, OChLda ancha erta musobaqadan chiqib ketdik, biz uzoqroqqa bora olardik. 

Bizda har qanday tarkib jangovar. Ular mavsum davomida ko‘p narsalarni isbotlab ulgurdi. Tarkibdagi har bir futbolchi etarlicha salohiyatga ega. Farrux Sayfiev sariq kartochkalari ko‘payib ketgani uchun o‘ynamaydi. 

Futbolda imkon boricha yaxshi sharoitlarni yaxshi darajaga keltirib, barchasi doimiy o‘sib borishiga urinish lozim. Aytaylik, maydon, yoritish tizimi yoki boshqa jihatlar bo‘yicha muammolar bo‘lmasligi kerak.

Sovrinlarga ega chiqish doimo yoqimli. Biz bunga barqaror erishayotganimiz yanada xursandchilik beradi. Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to‘xtab qolishni xohlamaydi. Biz yangi-yangi g‘alabalar uchun intilamiz.

Yangi yilda men Gruziyaga ketaman. Bayramni o‘z uyimda kutib olib, keyin yana qaytaman. Takliflar bo‘lishi mumkin, ammo menda shartnoma bor va biz bu erga mening kelajagim haqida gaplashgani yig‘ilmaganmiz. Oldimizda final turibdi. 

Bizga konsultantlar etarli. Yangilarini izlashga hojat yo‘q. Hammasi shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashga bog‘liq.

Jamoamiz safiga kelgan har bir o‘yinchi yaxshi o‘ynab keta olmasligi mumkin. Butun dunyoda shunday. Yaxshi futbolchilar kuchliroq klublarga o‘tishadi. Tarkibimizda o‘zimizdan chiqqan tarbiyalanuvchilar ko‘p. Krimets, Masharipov, Sergeev, Anzur Ismoilov, Alijonov, Kozak, Sobirjonov, Erkinov, Sidiqov. Qolaversa, legionerlarni ortiqcha jalb etmay mahalliy futbolchilarni xarid qilyapmiz. Bu esa pullar o‘zbek futbolida qoladi degani", - dedi Arveladze.

Jamoaning etakchi himoyachisi va sardori Egor Krimets ham uchrashuv oldidan qisqacha fikr bildirib o‘tdi:

- Yana bir hal qiluvchi bahsga etib kelganimizdan xursandman. Mavsumni sovrin bilan yuqori kayfiyatda yakunlash imkoniyatiga egamiz. Muxlislarga chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish etib berishga intilamiz. Vodiyda futbolni juda yoqtirishadi. Biz ularga xush keladigan o‘yin ko‘rsatishga urinamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
19/12/2020 15:15
Шота аут санга УЗБЕКИСТОНДА ЯХШИ МУРАББИЙИ БУЛИШГА ЛОЙИКМАССАН БИРОНТА ИШНИ КОЙИЛЛАТИБ КУЙ КИГИН ГАПЛАШАМИЗ