Shota Arveladze borishi mumkin bo‘lgan yana bir klub. Bu jamoada o‘zbekistonlik futbolchi o‘ynaydi

  • 25 dekabr, 2020, 23:05
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, Shota Arveladze "Paxtakor" klubini tark etdi. Gruziyalik murabbiyning xizmatlariga boshqa davlatlardan qiziqishlar mavjud.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Arveladze faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. U "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoning o‘rnini egallaydi, degan gaplar quloqqa chalinmoqda. Ammo gruziyalik mutaxassis Toshkentga kelgan paytlari SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida Rossiyada ishlash niyati yo‘qligini aytgandi. Balki yaxshi taklif tushsa, fikri o‘zgarar. Moskvaliklar safida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p tepadi.

Shuningdek, Arveladzega BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiyadan chorlovlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Islomjon Chust
27/12/2020 22:54
Shaxsan menga Arveladzening o‘yin uslubi yoqadi