Shota Arveladze: Ajoyib maydon uchun "Qizilqum"ga rahmat

  • 31 iyul, 2019, 00:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ajoyib maydon uchun mezbonlarga tashakkur bildiraman. Muxlislarga ham rahmat, kimdir yaxshi o‘ynaganda olqishlab qo‘yish barchani xursand qiladi. Birinchi bo‘lim boshida tezkor ikki gol urdik. Bo‘lim oxirida esa hushyorlikni yo‘qotdik va mezbonlarda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi.

Tecno

Uchinchi to‘pni kiritganimizdan keyin o‘yinni boshqarib, to‘pni nazorat qilishga intildik. Bunday havoda bu ancha qulay. Raqibni jiddiy o‘rgangandik. Ular o‘tgan turda Namanganda juda yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonishgandi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!