"Sho‘rtan" yangi futbolchini olib keldi va etakchilarni ham saqlab qolyapti

  • 17 yanvar, 11:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarligini davom ettirmoqda va selektsiya ishlari ham olib borilyapti.

Tecno

Har bir chiziqda raqobatdoshlikni oshirayotgan “Sho‘rtan” klubi darvozabon Shohruh Eshbo‘taevni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

U o‘z vaqtida “Surxon”, “Mash’al”, “Dinamo”, “So‘g‘ʻdiyona” va so‘nggi mavsumni Tojikistonning “TsSKA” jamoalarida o‘tkazgan. Endilikda, "Sho‘rtan" safida mavsum oxirigacha harakat qiladi. 

Shuningdek, “Sho‘rtan” yangi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytiribgina qolmay, jamoaning etakchilarini ham saqlab qolmoqda.

Jumladan, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Sardor Sa’dullaev va Jo‘rabek Mannonov bilan ham shartnomalar uzaytirildi.

Har uchala futbolchi 2025 yil oxiriga qadar "Sho‘rtan" bilan birga bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!