
“Sho‘rtan” sobiq futbolchisini jamoaga qaytardi!
Sherzodbek Abduraimov “Sho‘rtan”ga qaytdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
Xabaringiz bor, Superligaga qaytgan klub transferlar oynasida bir nechta futbolchilarni xarid qilgan holda, tarkibni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, jamoaning sobiq posboni hisoblangan Sherzodbekni ham yangi mavsumdan avval klubga qaytardi. Mazkur futbolchi 2023 yil va o‘tgan mavsum boshida go‘zorliklar safida harakat qilgan.
“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli mohir posbon klub bilan bir yillik kelishuvga erishib, mavsum so‘nggiga qadar jamoa bilan qoladi.
Fikrlar