
"Sho‘rtan" Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Sho‘rtan" Osiyo chepioni bo‘lgan Shahzodbek Ne’matjonov transferini e’lon qildi.
Go‘zorliklar yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Superliga klubi 2023 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tgan 20 yoshlilar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan Shahzodbek bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
21 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsumda Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibida harakat qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ne’matjonov o‘tgan mavsum 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 75 ming evro deb baholanmoqda.
Fikrlar