
Shomurodovning sobiq ustozi Rossiya terma jamoasini boshqaradi
Valeriy Karpin Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Rossiya futbol ittifoqi 52 yoshli mutaxassis bilan bu borada kelishuvga erishgan.
Karpin ayni paytda "Rostov" klubini boshqarmoqda.
Rossiya futbol ittifoqi hamda Karpin allaqachon shartnoma shartlarini muhokama qilib bo‘lgan va qabul qilgan. Shartnomani imzolash 26 iyul, dushanba kuniga rejalashtirilgan.
Karpin bilan Rossiya terma jamoasi bilan 2021 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzolaydi. Ushbu davr mobaynida uning faoliyati ijobiy baholansa, RFI u bilan shartnomani uzaytiradi.
Endi Valeriy Karpin yaqin olti oy ham Rossiya terma jamoasini, ham "Rostov" klubini boshqaradi.
Fikrlar