Shomurodovning sobiq jamoadoshi PSJga o‘tadi

  • 15 iyun, 2022, 16:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ tarkibida Messi, Neymar va Mbappe kabi yuqori darajadagi futbolchilar bo‘lsa-da, klub “Sassuolo” hujumchisi Janluka Skamakkaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Jurnalist Janluka di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli italiyalik futbolchi uchun 35 million evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan. Biroq A Seriya klubi buni qoniqarsiz deb baholab, Frantsiya grandiga rad javobini bergan. “Sassuolo” Janluka uchun taxminan 50 million talab qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, PSJ italiyaliklar bilan muzokara olib borishga va shartnomani ijobiy yakunlashga harakat qiladi.

Skamakka yakuniga etgan mavsum A seriya doirasidagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu jamoadagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. U o‘tgan mavsum legionerimiz Eldor Shomurodov bilan birgalikda "Jenoa" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!