
Shomurodovning Ronalduga qarshi dastlabki o‘yini uchun hakamlar brigadasi tayinlandi
Italiya chempionati 11-turida "Jenoa" o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi.
Ushbu bahs Marko di Bello boshchiligidagi hakamlar brigadasiga topshirildi. Unga qanotlarda Alessandro Lo Sisero va Serjio Rangetti yordam berishadi. Zaxira hakami esa Xuan Luka Sakki. VARda Paolo Valeri va Fabiano Pretti ishlaydi.
Ushbu o‘yin 13 dekabr kuni soat 22:00 da boshlanadi. A Seriya 10-turidan so‘ng, genuyaliklar 6 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi, "Yuventus" 20 ochko to‘plab 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar