Shomurodovning ketishi yanada tezlashishi mumkin. "Roma" Belotti transferini e’lon qildi

  • 29 avgust, 2022, 12:16
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

"Torino" sobiq vakili rimliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi bilan 1 yillik bitimga rozilik bildirgan. Shuningdek, "bo‘rilar" kelishuvni yana 2 yilga uzaytirish huquqiga ham ega. 

Ma’lum bo‘lishicha, Andrea "Roma" safida 11-raqam ostida to‘p tepadi. U avval "Torino"da 9-raqamga egalik qilardi. Ammo hozir Rim klubida bu raqam Temmi Abraxamga tegishli hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Belotti aynan Eldor Shomurodov o‘ynaydigan hujum pozitsiyasida harakat qiladi. Uning kelishi hamyurtimizning boshqa jamoaga o‘tishini tezlashtirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!