
Shomurodovning jamoasi ham maoshlarni qisqartiradimi? Bunga bosh murabbiy javob berdi
“Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida jamoa a’zolarining maoshlari kamayishi mumkinligi haqida hozircha hech qanday gap yo‘qligini aytdi.
“Hozircha bunday gap yo‘q. Agar shunday qilish kerak bo‘lsa, futbolchilar vaziyatni tushunishadi. Bu borada ortiqcha savollar bo‘lmaydi deb o‘ylayman”, - deydi Karpin.
Bungacha «Dinamo» Moskva, «Spartak», TsSKA, «Zenit», «Rubin», «Ufa» va «Krilya Sovetov» kabi RPL jamoalari futbolchilar maoshini qisqartirgan edi.
Fikrlar