Shomurodovning jamoasi Damashqda Suriya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi edi, ammo...

  • 30 avgust, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” klubi prezidenti Artashes Arutyunyants jamoasining 9 sentyabr kuni Rostov-Don shahrida Suriya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi aslida Damashqda o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Bizga iyul oyida Damashqda Suriya terma jamoasiga qarshi tinchlikparvarlik o‘yini o‘tkazishni taklif qilishdi. Biz Rossiya Federatsiyachi qurolli kuchlari ko‘magida ushbu uchrashuvni o‘tkazishga rozi bo‘ldik. Bu borada Rossiya futbol ittifoqi va UEFAdan ham ruhsat oldik, kerakli hujjatlarni ham tayyorladik.

Mening fikrimcha, futbol hamisha siyosatdan holi bo‘lishi lozim. Damashqdagi o‘yin esa ajoyib tinchlikparvarlik ruhiyatidagi marosim bo‘lishi kerak edi.Chunki, ushbu mamlakatda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng bu o‘yin sportchilar va oddiy fuqarolar uchun ham ajoyib bayram bo‘lgan bo‘lar edi.

Ammo, FIFA xavsizlik etarli darajada emas deb topib, Suriya futbol assotsiatsiyasiga mamlakat xududida futbol uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha yuborgan so‘rovini rad etdi. Shundan so‘ng biz Suriya xududida futbol bo‘lmasligini tushunib etdik. Keyinchalik ularni Rossiyaga taklif qilishga qaror qilindi. Lekin, FIFA ruhsat berishi bilan baribir Damashqda o‘yin o‘tkazishimizga ishonchim komil”, - deydi Arutyunyants.

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!