Shomurodovning harakatlari Abraxamniki bilan bir xil baholandi (Foto)
A Seriya 36-turida "Fiorentina" - "Roma" bahsi o‘tkazildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Gonsales 5-daqiqada hisobni ochdi. 11-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Bonaventura hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvning oxirgi soniyalaridagina maydonda harakat qildi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri futbolchilarning harakatlarini baholadi. "Bo‘rilar" safidagi eng yuqori ball Kris Smolling va Brayan Kristante - 6.5. E’tiborlisi, 90 daqiqa harakat qilgan Temmi Abraxam maydonda qisqa vaqt to‘p tepgan Shomurodov bilan bir xil 6 ballga loyiq ko‘rildi.




Fikrlar