
Shomurodovning debyut uchrashuvini qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun A Seriya 21-turi doirasida "Spetsiya" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qiladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda o‘zining yangi klubidagi debyutini nishonlashi mumkin. Ushbu o‘yinni 16:30'dan boshlab, Sport TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodovni "Roma" "Spetsiya" klubiga mavsum so‘nggiga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga bergan.
Fikrlar