Shomurodovni shug‘ullantirayotgan Mourino Evropa va Osiyo futbolchilari farqini aytdi

  • 25 noyabr, 2022, 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” futbolchilari mavsumga tayyorgarlikni Yaponiyada olib bormoqda. Joze Mourino Qatardagi jahon chempionatida yaponiyalik futbolchilarning Germaniya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis murabbiylik sohasidagi boy tajribasidan kelib chiqib, evropalik va osiyolik charm to‘p ustalarining ishga munosabatdagi asosiy farqini aytdi.

- Evropa futbolida asosiy e’tibor futbolchilarning individual sifatlariga qaratiladi va bu ichki xudbinlikni keltirib chiqaradi.

Shaxsan o‘zim futbolchilarga ular kelgan mamlakatning bir qismi sifatida qarayman. Men hech qachon yaponiyalik futbolchini shug‘ullantirmaganman, lekin osiyolik o‘yinchilar bilan ishlaganman.

Men ularning mentaliteti o‘ziga xosligini yaxshi tushunaman. Ular muhim bir jihat bilan ajralib turadi. Osiyolik o‘yinchilar o‘zi uchun emas, balki jamoa uchun o‘ynaydi, - dedi Joze Mourino.

Eldor Shomurodov ayni paytda Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynayotgan yagona osiyolik futbolchi hisoblanadi.

Legionerimiz mavsumning dastlabki qismida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Qishki transferlar vaqtida hamyurtimiz boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda.

1236815338.0

“Roma”da  o‘yin amaliyotisiz qolayotgan hujumchimizga “Montsa”, “Kremoneze”, “Torino”, “Bolonya”, “Sampdoriya” kabi jamoalardan chorlov bor.

A Seriya klubi: Shomurodov zo‘r o‘yinchi, lekin bizga o‘z ixtiyori bilan o‘tishi muhim!

Shomurodovga xaridor jamoalar ro‘yxati e’lon qilindi. Yaxshi klublar bor!

Futbolchimiz kerak bo‘lsa, Shomurodovga almashamiz!

Shomurodov Yaponiyaga keldi!

Rossiya futbolchilari O‘zbekistonning kuchiga qanday baho berdi?

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!