Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun A Seriyaning ikki klubi kurash olib boradi

  • 14 yanvar, 17:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov "Roma"dan ketishi mumkin. Bu haqda klub haqidagi yangiliklarni yoritib boruvchi "RomaPress" nashri xabar berdi.

Legionerimiz "Roma"da asosiy futbolchilar qatoriga kira olmayapti va shu sababli u A Seriyaning ikkinchi davrasini boshqa klubda o‘tkazishi mumkin.

Tecno

Nashrning "Corriere della Sera" ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, hamyurtimiz oldida ikkita variant bor. Bular "Empoli" va "Kalyari" jamoalaridir. Biroq, "Empoli" Shomurodov uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Klub futbolchini ijaraga olish niyatida. Bu ma’lumotni taniqli insayder Nikola Skira ham xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum "Roma" safida 14 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!