
Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino qolganlarni ham tanqid qila boshladi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining Konferentsiyalar ligasidagi navbatdagi uchrashuvidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida Niderlandiyada “Vitess”ni engib kelgan rimliklar javob o‘yinida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. So‘nggi daqiqalarda Temmi Abraxam tomonidan kiritilgan gol “bo‘rilar”ni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Qanchalik kutmaylik Eldor Shomurodov bu uchrashuvda maydonga tushmadi. Joze Mourino hamyurtimizni zaxirada olib qoldi. Bellashuvdan so‘ng portugaliyalik mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirdi.
- “Vitess” yaxshi jamoa ekanini ta’kidlashim kerak. Men hatto ularning murabbiyi ismini bilmasdim. Lekin u haqiqatan yaxshi murabbiy ekan. Agar jamoa “Vitess”dek o‘ynasa, bu ularning murabbiyi zo‘rligidan dalolat beradi.
Gap bu bahsda biz yomon o‘ynaganimiz haqida esa, aksincha ular zo‘r harakat qildi. Muammo biz oddiy vaziyatlarda ham to‘pni yo‘qotganimizda bo‘ldi. Hujumchilarimiz va qanotdagi futbolchilarimiz to‘pni juda oson yo‘qotdi. Maydon markazida euda ko‘p kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Bu texnik jihatdan yomon o‘yin bo‘ldi.
Biz yaxshi himoyalandik va xarakter ko‘rsatdik. Men 100 foiz keyingi bosqichga chiqishga haqlimiz, deya olmayman, lekin buni uddaladik, - dedi Joze Mourino.
U har qanday uchrashuvda o‘ynashi kerak
“Roma”ning sobiq hujumchisi Franchesko Gratsiani La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida Genrix Mxitaryan o‘z o‘yini bilan jamoaning hujumlarini tashkil qilishda muhim o‘yinchi ekanini aytdi.
- Mxitaryan juda qadrli ijrochi, u har doim maydonda bo‘lib, jamoaga yordam berishi kerak. Bunaqa futbolchilar har qanday vaziyatda ham o‘ynashi kerak. Genrix mukammal va etuk o‘yinchi. O‘rta chiziqda u har qanday ishni amalga oshira oladi.
U bir necha pozitsiyada o‘ynaydigan haqiqiy etakchi va universal. Men uni hujumchi ortida o‘ynashi kerak, deb hisoblayman. Agar u Dzanolo bilan birga Abraxamga yordamchi sifatida qanotda o‘ynasa, himoyaga ko‘proq e’tibor qaratishiga to‘g‘ri keladi, - dedi 69 yoshli mutaxassis.
Genrix Mxitaryan mavsum oxirida erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Armanistonlik futbolchida jamoa bilan ikki yillik bitim tuzish imkoni bor. “Roma” uning maoshini ikki baravarga qisqartirib, bir mavsum uchun 2 million evro maoshli bitim taklif qilgan. Biroq bu 33 yoshli universal futbolchini qoniqtirmadi. Muzokaralar davom etmoqda.
“Roma” Oliveyrani olishi uchun Konferentsiyalar ligasini yutishi kerak
“Roma” yozgi transferlar vaqtida ham jangovar jamoa shakllantirish bo‘yicha harakatlarini davom ettiradi.
Rimliklar yanvarda “Portu”dan ijaraga olingan Serjiu Oliveyraning transfer huquqini to‘liq sotib olishga qaror qilgan. Buning uchun poytaxtliklar Portugaliya jamoasiga 13million evro miqdorida mablag‘ o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Roma” klubi UEFA Konferentsiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, mukofot tarzida oladigan summasi 13 million evroga etadi.
Shu tariqa, Joo‘e Mourino jamoasi 29 yoshli yarim himoyachini olib qolish uchun etarli mablag‘ to‘plagan bo‘ladi.
Fikrlar